0

Endi baliqchilik loyihalarini amalga oshirishda garovsiz kredit beriladi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Endi baliqchilik loyihalarini amalga oshirishda garovsiz kredit beriladi

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 oktyabrdan quyidagilar tadbirkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi:

 

davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) – baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun;

 

tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari – suv bo‘yida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (o‘tov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.

 

Qarorga ko‘ra, 2024 yilda respublikada:

 

➖900 ming tonna baliq yetishtirish;

 

➖35 240 gektar sun’iy suv havzalarini intensivlashtirib, 513 600 tonna baliq yetishtirish; 

 

➖9 000 xonadonda intensiv usulda baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.

 

2024 yil 1 yanvardan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholi va tadbirkorlarga baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 50 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"