O'zbekiston

Gipotoniya yoxud qon bosimi nega pasayadi?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

Gipotoniya yoxud qon bosimi nega pasayadi?

 

Aksariyat kishilar yuqori qon bosimini salomatlik uchun xavfli deb hisoblaydi. Bu to‘g‘ri. Biroq hamma ham qon bosimining tushishiga eʼtibor beravermaydi. Shifokorga bormay, qahva bilan bu balansni to‘g‘rilashga harakat qiladi.Xo‘sh, bu qanchalik to‘g‘ri? Qon bosimining pastligi salomatlik uchun xavfsizmi yoki uni davolash kerakmi?

 

Gipotoniya, yaʼni qon bosimining pastligi markaziy asab tizimi faoliyatida tomir tonusi va nevrogormonal tartibning buzilishi oqibatida kelib chiqadi.U surunkali (qon bosimining uzoq vaqt pasayishi), o‘tkir (boshqa bir kasallik belgisi sifatida) yoki simptomatik (bemorda qon bosimining asta-sekin pasayishi) va bir martalik pasayish kabi turlarga bo‘linadi.

 

Odatda qon bosimi ikkita ko‘rsatkich bilan ifodalanadi. Birinchisi, sistolik bosim, yaʼni sistol paytda tomirlarda hosil bo‘ladigan bosim (yurakning qisqarishi). Ikkinchisi, diastolik bosim, yaʼni diastol paytda tomirlardagi bosim (yurakning bo‘shashishi).

 

Sistolik bosim doim diastolikdan yuqori bo‘ladi. Yurak-tomir tizimining tonusi (tarangligi) pasayganda tanada qon bosimi ham tushadi. Tonometr yordamida o‘lchanganda, yuqori (sistolik) raqam 100 mm. simob ustuni, pastki (diastolik) esa 60 mm. simob ustunidan past bo‘lgan taqdirda bemorga gipotoniya tashxisi qo‘yiladi. Bu ko‘rsatkich kichik va o‘smir yoshdagi bolalarda 85-60 mm. simob ustuni, 30 yoshdan oshgan insonlarda esa 105-65 mm. simob ustunini tashkil qiladi.

 

Ushbu xastalikning kelib chiqishiga, eng avvalo, ichki qon ketishlar, miokard infarkti, kamqonlik, bosh va orqa miya jarohatlari, yurak yetishmovchiligi, surunkali uyqusizlik sabab bo‘ladi.

 

Shuningdek, stress, nevroz, psixologik jarohatlar, ruhiy tushkunlik, buyrak usti va osti bezlari faoliyati buzilishi, gormonal o‘zgarishlar, bosh miya ichki bosimining pasayishi, homiladorlik, oddiy suvsizlanish ham qon bosimining pasayishiga olib kelishi mumkin. Qolaversa, past qon bosimi insonning o‘ziga xos xususiyati ham bo‘lishi mumkin. Shu bois bunday kishilar o‘zlarini yomon his etishmaydi va ularga dori-darmonning hojati yo‘q.

 

Qon bosimi pasayganda miyaga kislorod va ozuqa moddalari yetarli darajada yetib bormaydi. Oqibatda insonda bosh aylanishi, uyquchanlik, umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i, diqqatni jamlay olmaslik, ish qobiliyatining susayishi, ko‘ngil aynishi, junjikish, terlash, ko‘z oldining qorong‘ulashishi, jizzakilik kuzatiladi. Kasallik odatda surunkali kechib, ayniqsa, qaytalanib turadi.

 

Qon bosimining normal yoki keskin pasayishini (masalan qon yo‘qotish, suvsizlanish, yurak kasalliklari yoki anafilaktik shok sababli) tana aʼzolari jiddiy his etadi va buning oqibatida buyrak yetishmovchiligi, ongning buzilishi va koma holati ro‘y berishi mumkin.

 

Agar bemorda ongning xiralashuvi, tanani sovuq, yopishqoq ter qoplashi, terining oqarishi kuzatilsa va u tez-tez va yuzaki nafas olsa, puls tezlashuvi va kuchsizligi kabi klinik belgilar aniqlansa, bu – inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan ichki aʼzolar va bosh miya gipoksiyasiga olib keluvchi o‘tkir arterial gipotoniya belgilari hisoblanadi.

 

Shu bois bu holatda darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"