O'zbekiston

Bolalardagi toshmalar kasallik belgisimi?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

Bolalardagi toshmalar kasallik belgisimi?

 

Oldimizda kuz. Hademay salqin kunlar boshlanadi. Demak, mavsumiy allergik xastaliklar avj oladigan davr yaqin. Shulardan biri — chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida ko‘p uchraydigan atopik dermatit. Xo‘sh, bu kasallik haqida mutaxassis nima deydi?

 

Maʼlum qilinishicha, dunyo bo‘yicha har to‘rt boladan biri atopik dermatitdan aziyat chekadi. Chaqaloqlarda paydo bo‘ladigan teri toshmalarining 85 foizgacha qismi aynan ushbu kasallik alomati. Bundan tashqari, qizlarda ushbu dard o‘g‘il bolalarga qaraganda 1,5 barobar ko‘proq qayd etilishi aniqlangan.

 

Xalq orasida "teri astmasi" deb ataladigan mazkur xastalik nasliy xarakterga ega bo‘lib, ota yoki onada atopiya, allergik kasallik borligi qayd etiladi. Tananing turli qismlarida toshma va qizarish bilan kechadigan yallig‘lanish o‘choqlari yuzaga kelishi atopik dermatitga xos.

 

Jajji bemorlarda bu kasallik odatda 2-3 oyligidan rivojlanadi va 3-4 yil ichida yo‘qolib ketadi. Baʼzi hollarda esa toshmalar umr bo‘yi saqlanib qolishi ham mumkin.

 

atopik dermatit teri kasalligi emas, balki bola ichki organizmi faoliyatidagi buzilishlar belgisidir.

 

Kichkintoylarda bu xastalik kelib chiqishining asosiy sababi oziq-ovqat allergiyasi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, nafas yo‘llari orqali tanaga kirgan allergenlar ham toshmalarni paydo qiladi.

 

Qichishish — kasallikning asosiy belgisi. U uyquga va bemor bolaning kayfiyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, asabiylik hamda jizzakilikni keltirib chiqaradi.

 

Toshmalar kasallik darajasiga qarab turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. O‘tkir bosqichda ular yorqin qizil rangga kirib, yallig‘lanish joyiga qon to‘planishi tufayli mayda shishlar hosil bo‘ladi.

 

Xastalikning yengil va o‘rta bosqichlarida esa toshmalar och qizg‘ish tusda namoyon bo‘ladi. Ular quruq bo‘lishi hisobiga tez to‘kilib tushadi. Toshmalarning ko‘payishi esa aksariyat hollarda terining kiyimga ishqalanishi oqibatida yuz beradi.

 

Bunday yara-chaqalar chaqaloqlarda asosan bosh, bo‘yin va ko‘krak sohalarida, bolalar va o‘smirlarda esa tirsak va tizza orqasida hamda boshqa tana aʼzolarida ko‘p uchraydi.

 

Yosh bolalardagi atopik dermatit, odatda, bir qator allergik kasalliklar, shu jumladan, oziq-ovqat sezgirligi, rinit va astmaning ilk alomati sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.

 

Toshmalar sovuq kunlarda ko‘payib, issiq mavsum boshlanishi bilan sezilarli darajada kamayishi kuzatiladi.

 

atopik dermatit nasl suruvchi xastalik ekanligi o‘z isbotini topgan. Ilmiy xulosalarga ko‘ra, agar ota yoki ona xuddi shunday patologiyadan aziyat cheksa, uning bolada namoyon bo‘lish ehtimoli 30-40 foizga teng. Agar xastalik ota-onaning har ikkisida ham bo‘lsa, xavf ko‘rsatkichi 70-75 foizga oshadi.

 

custom img

Toshkentda o‘z joniga qasd qilishga uringan yigit qutqarib qolindi

Uchtepa tumanida patrul-post xizmati xodimi va IIV Akademiyasi kursanti Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan yigitni suvdan olib chiqdi.

custom img

Farg‘onada Turkiya qalbaki pasporti va “prava"sini tayyorlagan jinoiy guruh ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Robaxon Mahmudova raisligida Oliy sud Plenumi majlisi bo‘lib o‘tdi

Majlisda sud amaliyotini yanada takomillashtirishga qaratilgan Plenum qarorlari qabul qilindi.

custom img

Samarqand–Urgut temiryo‘l tarmog‘i o‘tkazilgan damba o‘pirilib tushdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ga ko‘ra, hodisaga Zarafshon daryosida suv oqimining keskin oshgani sabab bo‘lgan.

custom img

Toshkent viloyati bojxonasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi

Bojxona tizimida yuqori natija ko'rsatgan bir guruh yosh xodimlar rag'batlantirildi.

custom img

O‘zbekistonliklarning aksariyati qayerda yashaydi? Dastlabki ro‘yxatga olish natijalari e’lon qilindi

Xususiy uylar O‘zbekistonda eng keng tarqalgan yashash turi bo‘lib qolmoqda.

custom img

Pedagog ayollar uchun voleybol musobaqasi: g‘olib jamoalarga “Damas” va millionlab mukofotlar

Pedagog ayollar o‘rtasidagi ilk respublika voleybol musobaqasi final bosqichi Namangan shahrida davom etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda 4–6-iyul kunlari sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Yomg‘irlar sabab suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"