0

Toshkentdan Doxaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi

Muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftada bir marta amalga oshiriladi.

Toshkentdan Doxaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi

 

 

Toshkentdan Doxaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi Uzbekistan airports.

 

 

"Centrum Air" Toshkent va Doxa shaharlarini 21 avgust kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi.

 

“Toshkent — Doxa yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftada bir marta Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

 

Centrum Air — shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan, 2023 yil yanvar oyida yo‘lovchi reyslarini amalga oshirishga ruxsat olgan O‘zbekiston loukoster aviakompaniyasidir. Bugungi kunga qadar aviatashuvchi parkida uchta Airbus A320 va bitta Boeing-747 samolyoti mavjud.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"