O'zbekiston

Pankreatit qandli diabetga sabab bo‘ladi

Uning oldini olish uchun nimalar qilish zarur?

Pankreatit qandli diabetga sabab bo‘ladi

 

So‘nggi yillarda dunyo aholisi o‘rtasida ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq xastaliklar keng tarqalmoqda. Ayniqsa, ular orasida pankreatit – oshqozon osti bezining o‘tkir yoki surunkali yallig‘lanishi yetakchi o‘rinni egallaydi. Xo‘sh, ushbu kasallikning kelib chiqishiga qanday omillar sabab bo‘ladi?

 

Oshqozon osti bezi ovqat hazm qilish tizimining muhim organi bo‘lib, ozuqa moddalarining so‘rilishi uchun zarur. Ushbu aʼzo o‘zidan ichakdagi oqsillar, yog‘lar va murakkab uglevodlarni parchalaydigan fermentlarni ajratadi. Shu bilan birga, uning yana bir funksiyasi – organizmdagi glyukozani saqlash va uni tartibga solish uchun insulin gormonini ishlab chiqaradi.

 

Pankreatit – oshqozon osti bezining yallig‘lanishi bo‘lib, ushbu aʼzoning disfunksiyasi tufayli ovqat hazm qilish fermentlari muddatidan oldin faollashganda va organ to‘qimalariga zarar yetkazganda rivojlanadi.

 

Kasallikning o‘tkir shaklida to‘qimalarning “o‘zini o‘zi hazm qilish” mexanizmi ishga tushadi. Surunkali yallig‘lanish oqibatida hazm qiluvchi fermentlar yetishmovchiligi yuzaga keladi. Fermentlar o‘rnini oshqozonosti bezi hujayralarining egallashi esa uning tashqi sekretor funksiyasini buzish bilan birga, gormonlar ishlab chiqish vazifasini ham o‘zgartirib yuboradi.

 

Xastalikning kelib chiqishiga ko‘pincha noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘ladi. Shuningdek, o‘t qopi va o‘t yo‘llari hamda o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklari, bez yo‘llarining toshlar yoki o‘smalar bilan berkilib qolishi, genetik moyillik, gormonal o‘zgarishlar, baʼzi dorilarni qabul qilish, spirtli ichimliklar, stress va infeksion kasalliklarning bir qancha turlari ham asosiy omillardan.

 

Pankreatitga chalingan insonda ko‘ngil aynishi, qayt qilish, o‘ng qovurg‘a va qorinning pastki qismida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi, diareya va teri sarg‘ayishi kuzatiladi. Qorin devori va ko‘richakni eslatuvchi qorinning o‘ng tomonida o‘tkir og‘riq, vazn yo‘qotish, yelka kuragi yoki ko‘krak orqasiga tarqaladigan og‘riq, qorin dam bo‘lishi, umumiy zaiflik, bosh aylanishi ham kasallik belgilaridir. Kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, qandli diabetga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Xastalikni davolash shifokor tomonidan uning darajasiga, hamroh kasalliklar borligiga va bemorning umumiy ahvoliga qarab belgilanadi. Agar pankreatit belgilari 2-4 kun davomida bezovta qilsa, albatta, gastroyenterolog-shifokorga murojaat qilish lozim.

custom img

Xivada 12,3 gektarlik xalqaro turistik shaharcha barpo etiladi

Majmuada mehmonxonalar, muzey, restoranlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi.

custom img

Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarni almashish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi

Hududlarni almashish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzdi. Guruh aholi fuqaroligi, ko‘chirish, mulkiy huquqlar, yerdan foydalanish va ijtimoiy himoya masalalarini hal qiladi.

custom img

Xorazm viloyatida 176 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirildi

Yangi loyihalarni ishga tushirish marosimi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

custom img

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"