Uyquni yaxshilash uchun tunda qanday ichimliklarni ichgan maʼqul?
Bu ichimliklar tongda o‘zingizni tetik his qilishingiz uchun ham foydali.

Tunda tanlaydigan ichimliklarimiz albatta uyqu sifatiga taʼsir ko‘rsatadi. Agar uyqungiz tartibsiz bo‘lib qolgani va tongda uyg‘onish qiyinlashganini sezsangiz, odatlaringizni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Quyida foydali ichimliklar bilan tanishtiramiz.
Issiq sut
Issiq sut va pechenye – kechki menyuning ajralmas qismi. Odatda bolalar sutni yoqtirishadi, ammo bu usul kattalarda ham ish berishi isbotlangan. Ayrim ekspertlar buni issiq sut tarkibidagi triptofan moddasi bilan bog‘lashadi, bu modda melatonin “uyqu gormoni” ishlab chiqarilishini faollashtiradi.
Moychechakli choy
Moychechakli choy keng tarqalgan uyqu oldidan tabiiy tinchlantiruvchidir. U uyqusizlikdan aziyat chekuvchilarga tavsiya qilinadi. Moychechakli choy samarali tinchlantiradi va boshqa ichimliklardan farqli ravishda kofein saqlamaydi.
Bodom suti
O‘simlik ratsioni tarafdorlari uyqu oldidan bir stakan bodom suti ichishni sinab ko‘rishlari mumkin. Uning tarkibidan ham triptofan yetarlicha, buning ustiga bodom suti magniyga boy bo‘lib, uyqu sifatini oshiradi.
Kokos suvi
Kokos suvi tarkibida magniy va kaliy bo‘lib, ular uyquni yaxshilash va mushaklarni bo‘shashtirishga xizmat qiladi. Buning ustiga, V vitamini stress darajasini tushirishga yordam beradi.
Bananli smuzi
Qattiq uxlashning yana bir usuli – bananli smuzi ichishdir. Kichikroq bananni bir stakan bodom suti bilan aralashtirish kifoya. Bu ichimlik tungi tamaddining ham o‘rnini bosa oladi.







