Jahon

“Barbi” "Garri Potter"dan o‘zib ketdi

U “Warner Bros” kinokompaniyasining eng daromadli filmiga aylandi.

“Barbi” "Garri Potter"dan o‘zib ketdi

O‘tgan hafta yakuniga ko‘ra, “Barbi” filmi AQSHda yana 18,2 million dollar ishlab, o‘z mintaqasida 594 million dollar miqdorida mablag‘ yig‘di. Shimoliy Amerikadan tashqarida esa film kassasi 745 million dollardan oshdi. Kinokartinaning umumiy mablag‘i 1,34 milliard dollarni tashkil etdi.

Shu tariqa “Barbi” “Warner Bros” tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmga aylandi. “Garri Potter va Ajal tuhfalari: 2-qism” bu reytingni 12 yildan beri 1,31 milliard dollar natija bilan ushlab turgan edi.

“Warner Bros” tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmlarni eslatib o‘tamiz:

✅“Barbi” (2023) – 1,34 milliard dollar;

✅"Garri Potter va Ajal tuhfalari": 2-qism (2011) – 1,31 milliard dollar;

✅“Akvamen” (Suv o‘g‘loni) (2018) – 1,14 milliard dollar;

✅"Qora ritsar: Afsonaning tug‘ilishi" (2012) – 1,08 milliard dollar;

✅“Joker” (2019) – 1,06 milliard dollar;

✅"Hobbit: Kutilmagan sayohat" (2012) – 1,01 milliard dollar;

✅"Qora ritsar" (2008) - 998 million dollar;

✅"Garri Potter va falsafa toshi" (2001) – 965 million dollar;

✅"Hobbit 2: Smaug vayronasi" (2013) – 959 million dollar;

✅"Garri Potter va Ajal tuhfalari": 1-qism (2010) – 951 million dollar.

custom img

Pokiston Afg‘onistonga zarba berdi: Qandahorda portlashlar ovozi eshitildi

Pokiston ushbu zarbalar Kobuldan amalga oshirilgan dron hujumiga javob bo‘lganini aytdi.

custom img

“Xitoy va AQSh raqib emas, hamkor bo‘lishi kerak” — Si Szinpin

Xitoy raisi ikki davlat o‘rtasida hamkorlik ustun, raqobat mo‘tadil va kelishmovchiliklar nazorat qilinadigan barqaror munosabatlarni shakllantirish zarurligini aytdi.

custom img

Rossiya armiyasidagi xorijliklar: Ukrainadagi harbiy asirlarning 10 foizi chet el fuqarolari

Ular orasida 55 ta davlat vakillari bor.

custom img

Dunyo non narxi oshishiga tayyorlanmoqda: bug‘doy narxi 40 foizga ko‘tarildi

Bunga Qora dengiz orqali Rossiya va Ukrainadan don yetkazib berishdagi uzilishlar sabab bo‘lmoqda.

custom img

Fransiya G‘azo bo‘yicha xalqaro hamjamiyatni tanqid qildi: Kanada va Buyuk Britaniya Falastinni qo‘llab-quvvatladi

Kanada bosh vaziri falastinliklarga taxminan 71 million AQSh dollari miqdorida yordam ajratilishini e’lon qildi.

custom img

“Nega Nyu-Jersini bermaysiz?”: Suriya prezidenti Trampga Nyu-Jersini Isroilga berishni taklif qildi

Ash-Shara Golan tepaliklari masalasida Tramp bilan qilgan hazilini Nyu-Yorkdagi Atlantika Kengashi tadbirida so‘zlab berdi.

custom img

“BMT kuchli bo‘lishi kerak”: Sadir Japarov BMT islohotini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti BMT doirasida sanksiyalarni dastlabki ko‘rib chiqish, monitoring qilish va muntazam qayta ko‘rib chiqishning yagona xalqaro mexanizmini yaratishni takliflarini ilgari surdi.

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"