Iqtisodiyot

Toyota tizimdagi nosozlikdan so‘ng ishlab chiqarishni qayta tikladi

Kompaniya bir kun avval to‘satdan Yaponiyadagi barcha 14 zavodida ishlab chiqarishni to‘xtatgan edi.

Toyota tizimdagi nosozlikdan so‘ng ishlab chiqarishni qayta tikladi

Bunga korxonalarning butlovchi qismlar bilan bog‘liq tizimdagi nosozligi sabab bo‘lgan. Tergov ishlari davom etmoqda, deb xabar berdi Reuters.

Toyota ehtiyot qismlarni “o‘z vaqtida yetkazib berish” tartibini yoqlaydi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri zavodlarda inventarizatsiyani kamaytiradi, bordi-yu biron nosozlik yuzaga kelsa, ular avtonom ishlash qobiliyatini yo‘qotadi. Aynan shu narsa kecha sodir bo‘lgan.

Dastlabki tergov shuni ko‘rsatdiki, bu xakerlik hujumi bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas. Biroq, bir yil oldin, kompaniya bu tajribani boshidan o‘tkazgan. Keyin zaxira tizimi yordamida ish tezda tiklangandi.

Ehtimol, ertaga ishlab chiqarish boshlanadi. Taxminlarga ko‘ra, Yaponiya Toyota umumiy ishlab chiqarishining uchdan bir qismini tashkil qiladi. Shu sababli, hatto bir kun ishlamay qolishi ham umumiy natijalarga sezilarli taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

Yanvar-iyun oylarida yapon avtogiganti ishlab chiqarishni 29 foizga oshirib, asosan yarim o‘tkazgichlar taqchilligini bartaraf etgandi. Ikkinchi chorakda kompaniya bu ko‘rsatkich bo‘yicha Volkswagen‘ni ortda qoldirib, rekord darajadagi foyda ko‘rsatdi. Ishlab chiqarilgan avtomobillarning uchdan biridan ko‘prog‘i elektr transport vositalari va gibridlar bo‘lgan.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"