O'zbekiston

“103”ga chaqiruv bo‘lganda manzilga yetib borish vaqti o‘rtacha 8-12 daqiqagacha qisqargan — vazirlik

Sog‘liqni saqlash vazirligi sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

“103”ga chaqiruv bo‘lganda manzilga yetib borish vaqti o‘rtacha 8-12 daqiqagacha qisqargan — vazirlik

Tibbiyot tizimidagi islohotlar natijasini odamlar, birinchi navbatda, tez tibbiy va shoshilinch yordamda bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rganda his qiladi. Shu bois yurtimizda ushbu hayotiy muhim sohaning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, bemorlarga xalqaro andozalarga mos tez tibbiy yordam ko‘rsatish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan:

— bundan 6-7 yil avval mamlakatimiz tez tibbiy yordam tizimida 1868 ta avtomashina bor edi. 2023 yilning ayni davriga kelib esa “103” xizmatida 2960 ta avtomobil aholiga sifatli tez tibbiy xizmat ko‘rsatyapti.

Zamonaviy reanimobillar soni 578 taga yetdi. Maxsus avtomashinalar parki 60-70 foizga yangilandi;

— 2016 yilda mamlakatda 1648 ta tez yordam brigadasi faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 2762 tani tashkil etmoqda;

— “103” xizmatiga chaqiruv bo‘lganda manzilga yetib borish vaqti o‘rtacha 25-30 daqiqadan 8-12 daqiqagacha qisqardi;

— dori turlari 20 tadan 45 tagacha oshirildi;

— hududlarda 39 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etildi. Natijada tuman va shahar aholisining viloyat markazlaridagi tibbiyot muassasalariga murojaatlari soni keskin kamaydi.

Taʼkidlash lozimki, so‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishni yana-da rivojlantirishga davlat tomonidan katta eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, Prezidentimiz 2022 yil 16 iyunda “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unda sohada tibbiy yordam ko‘rsatishni yana-da yaxshilash bo‘yicha bir qator muhim vazifalar belgilandi.

Unga ko‘ra, Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxo‘jaliklar negizida tashkil etildi.

Markazning hududiy filiallarida – yagona “Call-markaz”lar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Toshkent shahar, Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyat filiallarida chaqiriqlar elektron avtomatlashtirilgan tizimi orqali joriy qilindi. Qolgan filiallarda ushbu tizim yo‘lga qo‘yilishi davom etmoqda.

“Call-markaz”larda chaqiruvlarni qabul qiluvchi xodimlar bilan birga, shifokor xodimlardan iborat maxsus tibbiy maslahat xizmati faoliyati tashkil etilyapti.

Shuningdek, Prezident qarorida 2022-2025 yillar davomida maxsus avtomashinalar parkini yangilash ishlari belgilangan.

Shu sababli ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan, eskirgan “Damas” va boshqa avtotransport vositalarini “Huundai”, “Ford”, “Volkswagen” va “Iveco” kabi zamonaviy va zarur tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan maxsus avtomobillarga bosqichma-bosqich almashtirish ko‘zda tutilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“103”ga chaqiruv bo‘lganda manzilga yetib borish vaqti o‘rtacha 8-12 daqiqagacha qisqargan — vazirlik | Zamon.uz