Domodedovo xalqaro aeroportining havo hududi yopildi
Shu bois Uzbekistan Airways‘ning uchta aviaqatnovi zaxiradagi aeroportlarga yo‘naltirildi.

Moskvadagi Domodedovo xalqaro aeroportining havo hududi yopildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, shu sababli Uzbekistan Airways‘ning quyidagi aviaqatnovlari zaxiradagi aeroportlarga yo‘naltirilgan:
HY611 reysi Samara xalqaro aeroportiga;HY 9615 reysi Qozon xalqaro aeroportiga;HY 9613 reysi Sankt-Peterburg xalqaro aeroportiga.
Moskvadagi Domodedovo xalqaro aeroportiga uchgan va «To‘liq yopiq osmon» rejimi joriy etilishi munosabati bilan zaxiradagi aeroportlarga yo‘naltirilgan barcha havo kemalari muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi.







