O'zbekiston

"Har qanday muammoning yechimi ham, ertangi kunimizni hal qiluvchi omil ham, shubhasiz, taʼlimdir" —  prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlab, mamlakatda taʼlim sohasini rivojlantirish birinchi galdagi ustuvor vazifa ekanini qayd etdi.

"Har qanday muammoning yechimi ham, ertangi kunimizni hal qiluvchi omil ham, shubhasiz, taʼlimdir" —  prezident

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, taʼlimni rivojlantirmasdan turib yuksak taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi. Har qanday muammoning yechimi ham, ertangi kunni hal qiluvchi omil ham, shubhasiz, taʼlimdir.

 

Biz mutafakkir zotlarning: "Davlatning vazifasi insonlarni baxtli-saodatli qilishdir. Bu maqsadga esa ilm va yaxshi axloq yordamida erishiladi", degan hikmatli so‘zlarini o‘zimiz uchun dastur deb bilamiz. Maʼlumki, biz bir yil avval taraqqiyotimizning 5 ta asosiy yo‘nalishini belgilab olgan edik. Unda taʼlim sohasini rivojlantirish birinchi galdagi ustuvor vazifa sifatida qayd etilgan.

 

Men doimo taʼlim, taʼlim, muallim, muallim, deb taʼkidlashim bejiz emas. Chunki taʼlimni rivojlantirmasdan turib yuksak taraqqiyotga erisha olmaymiz. Har qanday muammoning yechimi ham, ertangi kunimizni hal qiluvchi omil ham, shubhasiz, taʼlimdir.

 

2022-yili mamlakatimizda 72 ta yangi maktab qurildi, 279 tasi kapital taʼmirdan chiqarildi, 514 ta maktab esa rekonstruksiya qilindi. Maktablar uchun 30 mingdan ortiq kompyuter xarid qilindi. Yangi o‘quv yilidan respublikamiz maktablarida xorijdan maxsus taklif etilgan 500 nafar ingliz tili mutaxassislari bolalarimizga dars beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan yangi dastur va darsliklar bo‘yicha o‘qiy boshlaydilar.

 

Xuddi shu kabi sog‘liqni saqlash, biznesni rivojlantirish, sud tizimini takomillashtirish hamda suv va yoqilg‘i-energetika muammolarini hal etish yuzasidan katta loyihalar boshlangan. Yana bir bor taʼkidlayman: ushbu belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bizning doimiy eʼtiborimiz markazida bo‘ladi, — deydi prezident o‘z nutqida.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

"Har qanday muammoning yechimi ham, ertangi kunimizni hal qiluvchi omil ham, shubhasiz, taʼlimdir" —  prezident | Zamon.uz