O'zbekiston

O‘zbekiston Rossiyaning Belgorod viloyatiga insonparvarlik yordami yubordi

Yukda kiyim-kechak va poyabzallar, dori-darmon, shuningdek, 1-sinf o‘quvchilari uchun maktab to‘plamlari mavjud.

O‘zbekiston Rossiyaning Belgorod viloyatiga insonparvarlik yordami yubordi

26 avgust kuni og‘irligi taxminan 12 tonna bo‘lgan insonparvarlik yordami Rossiyaning Belgorod viloyati Shebekinskiy tumani aholisiga yetkazildi. Bu haqda Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova maʼlum qildi.

Yukda bolalar va kattalar kiyim-kechaklari va poyabzallari, dori-darmonlar, shuningdek, birinchi sinf o‘quvchilari uchun maktab to‘plamlari mavjud. Insonparvarlik yordami O‘zbekistonning davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlari orqali amalga oshirilgan.

"Rossiya tomoni O‘zbekiston rahbariyati va uning fuqarolariga ikki mamlakat o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik anʼanalariga, har tomonlama strategik sheriklikka asoslangan munosabatlarning yuksak darajasini aks ettiruvchi ushbu xayrixohlik uchun chuqur minnatdorlik bildiradi", —  deyiladi xabarda.

Belgorod viloyatining Shebekinskiy tumani mamlakatning Ukraina bilan chegarasida joylashgan. Rossiyaning harbiy harakatlari tufayli chegara hududlari tez-tez o‘qqa tutiladi. May oyida mintaqa hududiga o‘zlarini «Rossiya ozodligi» legioni va Rossiya ko‘ngillilar korpusi aʼzolari deb tanishtirgan diversantlar kirib kelgan, ular 1 iyun kuni ham faol jangovar harakatlarni takrorlagan. Viloyat hukumati bolalar va ayollarni evakuatsiya qilgan, RIA Novosti maʼlumotlariga ko‘ra, jami 60 mingga yaqin odam o‘z uyini tark etgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Rossiyaning Belgorod viloyatiga insonparvarlik yordami yubordi | Zamon.uz