O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva: "Tarix ruhi va zamonaviy muhit bir joyda mujassam"

Qayta qurilgan Respublika bolalar kutubxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Saida Mirziyoyeva tarixga boy ushbu binoning qayta tiklanishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva: "Tarix ruhi va zamonaviy muhit bir joyda mujassam"

Qayta qurilgan Respublika bolalar kutubxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kutubxonaning kitob fondi 1965-yildan boshlab shakllantirilib, dastavval 200 ming jildga yaqin nashrdan iborat bo‘lgan.

Qayta taʼmirlash ishlari mobaynida yana 21 ming kitob qo‘shildi. Bunda alohida eʼtibor islom, Yevropa va zamonaviy sanʼatga oid kitoblar saralamasiga qaratildi.

Saida Mirziyoyeva tarixga boy ushbu binoning qayta tiklanishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Respublika bolalar kutubxonasi – shahrimiz aholisi uchun eng qadrli va sevimli joylardan biri. Ushbu loyihada yuksak meʼmorchilik namunasini o‘tgan asr boshida qurilgan ko‘rinishda saqlab qolish biz uchun juda muhim edi.

Bino boy tarixga ega. Turli yillarda bu binoda Toshkent shahar dumasi va Jamoat yig‘ini, 1965 yildan esa mashhur bolalar kutubxonasi faoliyat ko‘rsatgan. Afsuski kutubxona ko‘p yillar davomida qarovsiz ahvolda qolgan va u rekonstruksiyaga muhtoj edi. Biz 2020 yilda qayta tiklash ishlarini boshladik va nihoyat vazifa uddalandi!

Bu o‘ziga xos maskanda ko‘plab topilmalarga duch keldik. Masalan, devor suvoqlari ortidan o‘tgan asr o‘rtalarida ishlangan ajoyib devoriy suratlar chiqdi. Natijada – tarix ruhi va zamonaviy muhit bir joyda mujassam bo‘ldi.

O‘z ishining ustalari mehnatini munosib baholaysiz, degan umiddamiz. Bugundan boshlab kutubxonamiz eshiklari barcha kitobsevar yurtdoshlarimiz uchun ochiq!», — deydi Saida Mirziyoyeva.

Doimiy ravishda to‘ldirilib boriladigan kitob fondining sifat darajasini nazorat qilish maqsadida “Irbis” elektron kutubxona boshqaruv tizimi joriy etildi.

Unda to‘ldirish, tizimlashtirish, toifalashtirish, o‘quvchilarni izlash, kitoblarni berish va maʼmuriy boshqaruvga oid zamonaviy texnologiyalar tatbiq etilgan.

“Bu shahrimiz hayotidagi diqqatga sazovor voqeadir – Respublika bolalar kutubxonasining eshiklari yana qaytadan ochilmoqda. Biz bolalar va yoshlarning ijodiy va aqliy salohiyatlarini yana-da rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni o‘zida mujassam etgan zamonaviy jamoatchilik maydonini yaratgan holda binoning tarixiy muhitini imkon qadar saqlab qolishga harakat qildik. Ishonchim komilki, kutubxona qo‘shma kashfiyotlar, sarguzashtlar maskaniga aylanib, bo‘sh vaqt va bilim olish uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi”, — deydi Gayane Umerova, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi raisi.

Maʼlumot uchun: Respublika bolalar kutubxonasi XIX asr oxirlarida qo‘qonlik tadbirkor aka-uka Vadyayevlar tomonidan qurilgan.

O‘tgan asrning 60-yillarida Alisher Navoiy nomidagi davlat kutubxonasining O‘smirlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi Vadyayevlar qarorgohidagi kutubxona binosiga ko‘chiriladi, keyinchalik u to‘liq Respublika bolalar kutubxonasi tasarrufiga berilgan.

custom img

Agrar sohada moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: ayrim yo‘nalishlarga subsidiyalar beriladi

Paxta yetishtirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari, yem-xashak ekinlari va sovitilgan go‘sht importini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi.

custom img

Kommunal xo‘jaligi xodimlari uchun: O‘zbekistonda yangi faxriy unvon ta’sis etildi

Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan va aholiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar taqdirlanadi.

custom img

Toshkent xalqaro metrologiya maktabiga mezbonlik qilmoqda

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi.

custom img

Global innovatsiya indeksi: O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 77-o‘rinni egalladi

Mamlakat o‘tgan yilgi natijasiga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilagan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.

custom img

Botanika bog‘idagi daraxtlar kesilyaptimi? Fanlar akademiyasi izoh berdi

Toshkent Botanika bog‘idagi daraxt kesish va qazish ishlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

custom img

4 yilda 445 ta ish: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zo‘rlash holatlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi

Parlamentda bolalarni himoya qilish va jazolarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

22 nafar o‘quvchi zaharlandi: maktab yonidagi paxta dalasiga dori sepilgan

G‘uzorda paxta dalasiga erta yetilishni taʼminlash maqsadida dori sepilgani ortidan o‘quvchilarda ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kuzatilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"