O'zbekiston

Surxondaryo hokimi kaltaklangan direktorni ko‘rgani bordi

Bemorga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tashxisi qo‘yilgan.

Surxondaryo hokimi kaltaklangan direktorni ko‘rgani bordi

Avvalroq Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida 28-maktab direktori Umida Tursunova kaltaklab ketilgani haqida xabar berilgandi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tibbiyot birlashmasiga borib, uning holidan xabar oldi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, bemorga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, boshning peshona tepa ensa sohasi ko‘plab ezilib yirtilgan jarohatlari, ikkala ko‘z yuqori va pastki qovoqlarga qontalashish diagnozi qo‘yilgan.

 

U.Tursunovaga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali mutaxassislari tomonidan konsultatsiya qilinib, zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Ayni vaqtda bemorning ahvoli barqaror. Uni RSHTYOIM viloyat filialiga ko‘chirish chorasi ko‘rilmoqda.

 

Viloyat hokimi U.Tursunovaga shikast yetkazgan aybdorning qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishini hamda uning to‘laqonli davolanishini o‘z nazoratiga olganligini bildirdi.

custom img

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

custom img

Andijonda qizlarni Turkiyaga fohishalikka olib ketishga uringan ayollar ushlandi

Ular qizlarni yuqori maoshli ish taklifi bilan aldab, Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi

Xavfli va sifatsiz nooziq-ovqat mahsulotlarini aniqlash hamda muomaladan chiqarishning yangi mexanizmi joriy etiladi.

custom img

“Diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm” tushunchasiga almashtiriladi

O‘zbekistonda ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etish, ularni tuzish va rahbarlik qilish uchun javobgarlik tabaqalashtiriladi.

custom img

Qashqadaryoda 856 nafar talabaning kontrakti to'lab beriladi

Ushbu maqsad uchun jami 3,78 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

custom img

Navoiyda 340 mln so‘mlik oltin savdosiga chek qo‘yildi

212,9 gramm oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar xaridordan 20 ming AQSH dollari va 100 mln so‘m olayotganida qo‘lga olindi.

custom img

Qashqadaryoda haydovchi YPX mashinasini urib, qochishga urindi

Haydovchi ikki chorrahada YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

custom img

“Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz” — Chinoz hokimi

Chinoz tumani hokimi Sherzod Solihov “Sharmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” yozuvlari aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"