O'zbekiston

Toshkent aeroportida mahalliy aviaqatnovlar terminalining old qismi ochildi

Endi avtomashinalarning terminal oldiga kelishi soddalashtirildi.

Toshkent aeroportida mahalliy aviaqatnovlar terminalining old qismi ochildi

Bugun, 1 sentyabr kuni “Toshkent-3” mahalliy aviaqatnovlar terminali oldida ikki hafta oldin boshlangan rekonstruksiya qilish ishlaridan so‘ng qurilgan yo‘lak ochilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Endi transport vositalarining terminal oldiga kelishi soddalashtirildi. Shunday qilib, uchta alohida yo‘laklar paydo bo‘ldi: rasmiy aeroport taksi xizmatlari, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar, shuningdek, kuzatuvchi va kutib oluvchilar avtomobillari, shu jumladan agregatorlar bilan ishlaydigan taksilar uchun.

 

Hududga barcha yengil avtomobillar, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha muddatga qisqa muddatli kirishga ruxsat beriladi. avtomobilning yo‘lakda o‘tkazgan vaqti 10 daqiqadan oshib ketgan taqdirda, o‘rnatilgan va YHXB bilan integratsiyalashtirilgan kameralar qoidabuzarlarga avtomatik ravishda jarima soladi. Shuningdek, kelishning o‘ng va chap yo‘laklarini ajratib turuvchi sariq chiziqda to‘xtash taqiqlanadi va qoidabuzarlik hisoblanadi, buning uchun jarima ham nazarda tutiladi.

 

“Bugungacha maʼlum bir xavfsizlik talablaridan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari terminal oldiga kira olmas edi. Endilikda biz haydovchilar uchun xalqaro standartlarga muvofiq, yo‘lovchilarni terminalda qoldirib, olib ketishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berdik”, — deyiladi “Uzbekistan Airports” AJ Aviatsiya xavfsizligi xizmati xabarida.

 

Vokzal maydonini rekonstruksiya qilish ishlari Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 17 apreldagi 159-sonli “Aeroportlar, temir yo‘l va avtovokzallarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 1 yanvariga qadar O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarda ham terminal oldi hududlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.