Isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar qimmatladi
Bu bo‘yicha Statistika agentligi maʼlumotlarni ochiqladi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yil avgust oyida isteʼmol sektoridagi tovar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga oshgan.
2023 yil avgust oyidagi isteʼmol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,6 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,4 foizga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgani kuzatilgan.
Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 9,0 foizga yetdi.
Yil boshidan buyon isteʼmol sektoridagi narxlar indeksi o‘rtacha 3,8 foizga o‘sgan.







