O'zbekiston

Jizzaxda Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi

U 30 o‘ringa mo‘ljallangan yo‘lovchi terminaliga ega.

Jizzaxda Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi

Jizzaxda Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qilmoqda.

 

“Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshayotgan ushbu loyihaning amalga oshirilishi Zomin aholisi daromadining ko‘payishiga va yoshlar bandligini taʼminlashga xizmat qiladi. Zero loyiha ortidan mahalliy aholi ishlab, daromad topadigan ko‘plab infratuzilmalar, jumladan, umumiy ovqatlanish, transport, suvenirlar, restoranlar, kafelar va boshqa xizmat ko‘rsatish turlari rivojlantiriladi”, - deya taʼkidladi viloyat hokimi Ergash Saliyev.

 

“Tres 001” qurilish tashkiloti tomonidan bunyod etilgan Zomin aeroporti 30 o‘ringa mo‘ljallangan yo‘lovchi terminaliga ega bo‘lib, qurish uchun 60 gektar yer maydoni ajratilgan.

 

Obyektda jami 200 dan ziyod xodimlar va 110 ta texnikalar bilan ishlar olib borilmoqda.

 

Shuningdek, hozirda aeroport infratuzilmasi, muhandislik kommunikatsiyasi, uchish-qo‘nish, harakatlanish yo‘laklari va perronni loyihalash hamda qurilish, uchish va qo‘nishni taʼminlash bo‘yicha radio va aeronavigatsiya uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.

 

Maʼlumot uchun: 2022 yilning oktyabr oyidan boshlab Zominning Dashtobod shaharchasi temir yo‘l bekatiga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi to‘xtashi tashkil etilgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jizzaxda Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi | Zamon.uz