Samarqandda Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkaziladi
Unda 70 ga yaqin xorijiy davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Joriy yil 7–8 sentyabr kunlari Samarqandda Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida o‘tkaziladigan ushbu konferensiyada 70 ga yaqin xorijiy davlatlarning qishloq xo‘jaligi vazirlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbirda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash mavzusining turli jabhalari plenar va sessiyali majlislarda chuqur va har tomonlama muhokama etiladi.
“Xalqaro konferensiya o‘zining qamrovi, ko‘tariladigan mavzularning olamshumulligi, ishtirokchilari va maʼruzachilarining salmog‘i bilan dunyo oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash jarayonida tarixiy o‘ringa ega bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.







