O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

Maqbarada Qurʼon oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi.

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr kuni Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi. Qabr poyiga gul qo‘yib, Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qurʼon oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi.

 

Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston mustaqilligini eʼlon qilib, davlat boshqaruvini yangidan qurgan, tariximizning murakkab va og‘ir davrlarida barqarorlikni saqlab, xalqimiz manfaatlarini taʼminlagan.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev uning bu xizmatlarini munosib qadrladi. Davlat rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, Birinchi Prezidentimiz xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi. Yurtimizdagi yirik majmualar, shaharlardagi markaziy ko‘chalarga Islom Karimov nomi berildi. Toshkentda Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi tashkil qilindi, Samarqandda maqbara barpo etildi.

 

Fidoyilarini eʼzozlaydigan xalqimiz Birinchi Prezidentimizni hurmat bilan yodga oladi. Ushbu xotirlash marosimi ham o‘tganlar yodiga hurmat, yosh avlodga ibrat maktabidir.

 

Marosimda parlament va hukumat aʼzolari, jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari ishtirok etdi. Tadbir yakunlangach, davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.