O'zbekiston

O‘zbekistonda ilk bor 1 yoshli bolada ortiqcha yarim tana umurtqasini olib tashlash operatsiyasi o‘tkazildi

Ushbu jarrohlik amaliyoti Travmatologiya va ortopediya markazida amalga oshirilgan.

O‘zbekistonda ilk bor 1 yoshli bolada ortiqcha yarim tana umurtqasini olib tashlash operatsiyasi o‘tkazildi

Bugungi kunda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bemorlarni davolashning ko‘plab innovatsion usullari joriy qilinmoqda. Xususan, bu yerda qo‘llanilayotgan kam invaziv amaliyotlar natijasida uzoq yillardan buyon og‘ir darddan aziyat chekkan ko‘plab yurtdoshlarimiz qisqa vaqt ichida shifo topib, oilasi bag‘riga qaytyapti.

 

Muassasada yiliga 3000 ga yaqin endoprotezlash va 3500 dan ziyod artroskopik operatsiyalar o‘tkazilmoqda.

 

Markazda yangi davolash usullarini yo‘lga qo‘yish doirasida tirsak bo‘g‘imi jarohatlarini endoprotez yoki plastinalar yordamida emas, balki Ilizarov usuli bilan tiklash yo‘lga qo‘yildi.

 

Bu yerda yurtimizda ilk bor 1 yoshu 4 oylik bolaning ortiqcha yarim tana umurtqasini olib tashlash jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 2 nafar bemorda birinchi marta oshiq suyagining avaskulyar nekrozida mozaik xondroplastika, bir nafar fuqaroda chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlari nostabilligida hamda suyak defektida allosuyak yordamida nuqsonlarni to‘ldirish va endoprotezlash operatsiyalari bajarildi.

 

Shuningdek, suyak sinishlarini davolashda bloklovchi osteosintez deb ataluvchi zamonaviy operatsiya usulidan foydalana boshlandi.

 

Ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya xizmatini aholiga yaqinlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida hozirda murakkab amaliyotlar tumanlar darajasigacha tushirilmoqda.

 

Masalan, Andijon viloyatida ilk bor son suyagi boshchasining aseptik nekrozida tunnelizatsiya va PRP-terapiya yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti bajarildi. Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 3, Qo‘qon shahrida 8, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida 2, Buxoro viloyatining Kogon va Buxoro tumanlarida 4 nafar bemorda esa chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlash muolajasi yo‘lga qo‘yildi.

 

Shifo maskanida o‘zlashtirilgan yana bir zamonaviy muolaja turi — bu tug‘ma maymoqlikni Ponseti usuli bilan davolashdir. Ushbu muolaja, avvalo, u kaminvazivligi bilan ajralib turadi. Bunda bemor qisqa vaqtda va asoratsiz tuzaladi.

 

Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish maqsadida markazda bir qancha yangi bo‘limlar ham ochildi. Xususan, O‘zbekiston tibbiyotida noyob yo‘nalish bo‘lgan qo‘l va oyoq panjasi xirurgiyasi bo‘limi, ikkinchi artroskopiya bo‘limi, alohida reabilitatsiya bo‘limi shular jumlasidandir.

 

Taʼkidlash joizki, shu yil oxiriga qadar mazkur markazda kompyuter navigatsiyasi yordamida yirik bo‘g‘imlarni endoprotezlash va robotlashtirilgan jarrohlik texnikasini joriy etish ham rejalashtirilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.

custom img

Botanika bog‘idagi daraxtlar kesilyaptimi? Fanlar akademiyasi izoh berdi

Toshkent Botanika bog‘idagi daraxt kesish va qazish ishlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

custom img

4 yilda 445 ta ish: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zo‘rlash holatlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi

Parlamentda bolalarni himoya qilish va jazolarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

22 nafar o‘quvchi zaharlandi: maktab yonidagi paxta dalasiga dori sepilgan

G‘uzorda paxta dalasiga erta yetilishni taʼminlash maqsadida dori sepilgani ortidan o‘quvchilarda ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kuzatilgan.

custom img

14 yoshga to‘lmagan bolalarga jinsiy tajovuz uchun umrbod qamoq: Qonunchilik palatasida taklif ko‘rib chiqilmoqda

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish, jabrlangan bolalarni tergov va sud jarayonlarida himoya qilish hamda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish taklif etilmoqda.

custom img

“Bolaning xavfsizligi eng asosiy talab”: vazirlik barcha bog‘chalarni tekshirmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Uchqo‘rg‘ondagi voqea ortidan barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari faoliyatini o‘rganmoqda.

custom img

9 ta viloyatda sel xavfi: O‘zgidromet ogohlantirdi

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

custom img

5 yilgacha qamoq: ruxsatnomasiz “dom” qurishga jazo kuchaytirildi

Qurishni boshlashdan oldin tegishli hududiy inspeksiyadan ruxsatnoma olish talab etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"