O'zbekiston

O‘zbekistonda mehmonxonalarga yulduz toifasini berish bo‘yicha yangi standart belgilandi

Yangi tartib 7 noyabrdan amalga joriy etiladi.

O‘zbekistonda mehmonxonalarga yulduz toifasini berish bo‘yicha yangi standart belgilandi

O‘zbekistonda yulduz toifasiga ega mehmonxonalarga doir talablarni belgilaydigan davlat standarti qabul qilindi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

 

Prezident qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1-oktyabrgacha xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda kamida 50 ta mehmonxonaga “to‘rt yulduz” va 200 tasiga “uch yulduz” olib berish choralarini ko‘rish vazifasi belgilangan. Shu sababli Turizm qo‘mitasi tomonidan turizm sohasi ilg‘or rivojlangan davlatlarning mehmonxonalarga yulduz toifasini belgilovchi hujjatlarining talablari o‘rganildi.

 

O‘rganish natijasida amaldagi davlat standarti talablari qayta ko‘rib chiqildi va balli tasniflash orqali yulduz toifasini beruvchi yangi standart loyihasi O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi bilan birgalikda ishlab chiqildi. Yangi davlat standartiga kiritilgan talablar Hilton, Hampton by Hilton, Hyatt Regency Tashkent, Wyndham Hotels & Resorts mehmonxonalari biznes vakillari va boshqa mehmonxona vakillari bilan kelishildi.

 

Ushbu davlat standarti mehmonxonalarni balli asosda tasniflash tizimini belgilaydi. Toifalar “” (yulduz) belgisi bilan belgilanadi va beshta toifa bo‘yicha tasniflanadi. Joylashtirish vositalari uchun – eng yuqori toifa “***” (besh yulduz) va eng past “” (bitta yulduz) hisoblanadi.

 

Joylashtirish vositalari mazkur davlat standartining ilovasiga muvofiq tasniflanadi. Bunda “m” bajarilishi majburiy bo‘lgan talablarni belgilaydi. Majburiy bo‘lmagan talablar bajarilganda esa qo‘shimcha ball beriladi. Ballar yig‘indisiga ko‘ra tegishli yulduz toifasi beriladi.

 

Yangi davlat standarti 2023 yilning 7 noyabridan amalga joriy etiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda mehmonxonalarga yulduz toifasini berish bo‘yicha yangi standart belgilandi | Zamon.uz