O'zbekiston

O‘zbekistonda “Yangi nafas” marafoni o‘tkazildi

Unda 100 mingga yaqin havaskor yuguruvchilar ishtirok etdi.

O‘zbekistonda “Yangi nafas” marafoni o‘tkazildi

Bugun, 3 sentyabr kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Termiz, Guliston, Nurafshon, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Xiva va Nukus shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan "Yangi Nafas" ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 

Respublika bo‘ylab 100 mingga yaqin havaskor yuguruvchilar ushbu ommaviy sport musobaqasida ishtirok etdi.

 

Toshkent shahrida "Humo Arena" sport maydoni o‘tkazilgan ommaviy yugurish musobaqasiga 7000 dan ziyod ishtirokchi qo‘shildi, ular orasida Toshkentning 50 ta oliygohidan 3000 ga yaqin talaba ham qatnashdi.

 

Tadbir tashkilotchilari – Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, ishtirokchi shaharlarning hokimliklari,  “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati hamda Yengil atletika federatsiyasi.

 

Toshkentdagi ommaviy yugurish musobaqasining dasturiga 3 km va 10 km masofalik ikkita distansya kiritildi. Qolgan shaharlarda "Yangi Nafas" sport harakatining yagona ramziy masofasi 3 km ni tashkil qildi.

 

Shuningdek, 30 ta chet el davlatidan vakillar ham ushbu keng ko‘lamli sport bayramiga qo‘shildi.

 

 Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston sport yugurish klublaridan qariyb 400 nafar ishtirokchi "Yangi Nafas" ommaviy yugurish musobaqasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashrif buyurdilar.

 

"Yangi Nafas" g‘oliblari uchun tashkilotchilar tomonidan pullik mukofot fondi va ommaviy yugurish musobaqasining ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari ajratildi.

 

Musobaqa yetakchilarini tantanali taqdirlash uchun "Milliy Bog‘"da maxsus tantanali oqshom tashkil etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda “Yangi nafas” marafoni o‘tkazildi | Zamon.uz