O'zbekiston

Endi namunali oilalar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi

“Ibratli oila” ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi.

Endi namunali oilalar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi

Hukumat qarori bilan “Ibratli oila” ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi.

 

Qarorga ko‘ra, ushbu ko‘krak nishoni bilan farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan namunali oilalar taqdirlanadi.

 

Shunga muvofiq, har yili 1 martgacha Xotin-qizlar faollari, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar shakllantiriladi. Takliflar tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlariga taqdim etiladi.

 

Har yili 15 martgacha nomzod oilalar har tomonlama o‘rganilib, 15 aprelgacha eng munosiblari bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.

 

Nomzod oilalar tanlanayotganda, jumladan, quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:

 

—oilada va jamoat joylarida kutubxonalar tashkil etgan;

—oila aʼzolari ilmli, ziyoli bo‘lgan, shuningdek, ilmiy darajaga ega bo‘lgan;

—ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka, homiylikka olgan;

—oilaviy sport bilan shug‘ullanib, respublika va xalqaro darajadagi yutuqlarga erishgan;

—oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan.

 

Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan oilalar 15 may – Xalqaro oilalar kuni bayrami arafasida tantanali taqdirlanadi. Taqdirlangan ibratli oilalarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

 

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan oilalar yashaydigan xonadonlar va uy-joylarning kirish qismiga “Ibratli oila” belgisi o‘rnatiladi. Bir oila ko‘krak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘krak nishoni Prezidentning 2022 yil 7 martdagi farmoni bilan taʼsis etilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Endi namunali oilalar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi | Zamon.uz