Men hali dam olmoqchi emasman–Bayden
AQSH prezidenti yoshi o‘tgan sari dono bo‘lib borayotganini aytdi.

AQSH prezidenti Jo Bayden tanqidchilar nima deyishidan qatʼi nazar o‘tayotgan yillar unga faqat donolik olib kelishini aytdi va dam olmoqchi emasligini qo‘shimcha qildi.
“Men sizga nima deyman. Tasavvur qiling, taxmin qiling ... Yosh bilan birga keladigan yagona narsa bu donolik”, dedi u.
80 yoshli Bayden 2024 yilda ikkinchi muddatga qayta saylanish uchun siyosiy kurashga kirishadi.







