30 nafar Tojikiston va O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istondan deportatsiya qilindi
Ular Migratsiya qonunini buzgan.

Tojikiston va O‘zbekistonning 30 nafar fuqarosi migratsiya qonunini buzgani uchun mamlakatdan chiqarib yuborildi, deb xabar berdi Kazinform muxbiri.
Almati shahar politsiya departamenti maʼlumotlariga ko‘ra, “Uchastka” favqulodda profilaktika tadbiri davomida mamlakat migratsiya qonunini buzgan 813 nafari xorijiy fuqarolar aniqlandi. Ular Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 517-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
"IIV qabul qilish va tarqatish bo‘limiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan 387 nafar chet el fuqarosi joylashtirildi", — dedi Almati PD migratsiya xizmati boshqarmasi boshlig‘i Asxat Butunchinov.
Shuningdek, u Tojikiston va O‘zbekistonning 30 nafar fuqarosi mamlakatdan chiqarib yuborilganini taʼkidladi.







