Andijonda Nexia Matiz bilan to‘qnashib ketdi
Holat bo‘yicha YHXB maʼlumot berdi.

Bugun, 5 sentyabr kuni Andijon shahrida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar berdi.
Holat soat 14:30 larda Andijon shahar “Islomobod” MFY Toshkent ko‘chasida yuz bergan. 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi O.R. Nexia rusumli transport vositasida yo‘lning belgilanmagan qismidan qayrilib olayotgan vaqtida,o‘z yo‘nalishida kelayotgan Matiz rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida har ikkala transport vositalari texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘q.







