O'zbekiston

Prezident Sherali Jo‘rayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalq artisti 4-sentabr kuni vafot etdi.

Prezident Sherali Jo‘rayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston madaniyati va sanʼati og‘ir judolikka uchradi.

Milliy qo‘shiqchilik sanʼatimizning atoqli namoyandasi, ustoz sanʼatkor, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev shu yil 4 sentyabr kuni 77 yoshida vafot etdi.

Sherali Jo‘rayev 1947 yil 12 aprelda Andijon viloyatining Asaka shahrida tug‘ildi.1971 yilda Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti)ni tamomlab, mehnat faoliyatini “Shodlik” ashula va raqs ansamblining xonandasi sifatida boshladi. Ko‘p yillar Andijon viloyati filarmoniyasi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi kabi ijodiy tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatib, xalqimizga sidqidildan xizmat qildi.

Sherali Jo‘rayev o‘zining noyob isteʼdodi, betakror ovozi va yuksak ijro mahorati bilan yuzlab yorqin qo‘shiqlar yaratib, xalqimiz o‘rtasida munosib obro‘-eʼtibor topdi. Mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning ko‘plab sheʼriy namunalarini kuyga solib, o‘zbek qo‘shiqchilik sanʼatining “oltin fondi”ni boyitishga beqiyos hissa qo‘shdi.

Sherali Jo‘rayev ko‘p yillik samarali ijodi bilan zamonaviy milliy sanʼatimiz va madaniyatimizni rivojlantirish, uning shuhratini chet ellarda keng targ‘ib etish borasida ham fidoyilik ko‘rsatdi. U jamoat ishlarida ham faol ishtirok etdi. Ayniqsa, milliy parlamentimiz deputati sifatida mustaqilligimizning maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida jonbozlik bilan faoliyat olib bordi.

Keyingi yillarda “Vatandoshlar” jamoat fondining Vasiylik kengashi raisi vazifasida samarali mehnat qilib, xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan aloqalarni mustahkamlashda munosib xizmat qildi.

Mohir sanʼatkor o‘zbek milliy qo‘shiqchiligida o‘z ijodiy maktabini yaratib, ko‘plab yosh isteʼdod egalarini tarbiyaladi.

Sherali Jo‘rayevning milliy sanʼatimiz va madaniyatimizni rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvonlari, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlangan edi.

​Betakror sanʼatkor, samimiy va kamtarin inson, yoshlarning mehribon va talabchan ustozi Sherali Jo‘rayevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Sherali Jo‘rayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi | Zamon.uz