O'zbekiston

“Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni taʼsis etildi

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHM 4 baravari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

“Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni taʼsis etildi

Hukumat qarori bilan “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni taʼsis etildi. Qarorga ko‘ra, ko‘krak nishon bilan quyidagilar taqdirlanadi: 

  • mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini umummilliy harakatga aylantirishga munosib hissa qo‘shgan barcha darajadagi idora va tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari;

  • jismoniy faollikni kundalik odatga aylantirib, uni o‘z jamoasi va aholi orasida targ‘ib qilishda alohida namuna bo‘layotgan shaxslar va sport murabbiylari;

  • zararli odatlarning oldini olish, bartaraf etish, ularga qarshi kurashishda ijobiy natijalarga erishgan va jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etishda faollik ko‘rsatgan fuqarolar;

  • aholiniig sog‘lom ovqatlanishini yo‘lga qo‘yish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratgan shaxslar;

  • hududning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi, atrof-muhit toza va ozodaligini taʼminlash, aholida sanitariya-gigiyenik ko‘nikmalarni hosil qilish va mustahkamlash orqali kasalliklarning oldini olishga erishgan mutaxassislar;

  • surunkali kasalliklar profilaktikasida xavf omillarini bartaraf etish va turmush tarzini ijobiy tomonga o‘zgartirishga undaydigan dolzarb materiallar tayyorlagan OAV vakillari;

  • profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga va bu yo‘nalishda malakali kadrlarni tayyorlashga munosib hissa qo‘shgan tibbiyot sohasi xodimlari va boshqa mutaxassislar.

Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekistan fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

U har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Tibbiyot xodimlari kuni arafasida tantanali topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida (1 mln 320 ming so‘m) bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni taʼsis etildi | Zamon.uz