Jamoat transportlari bir kunda 1 milliard so‘mdan ortiq daromad qildi
Toshkent shahrida yangi o‘quv yilining ilk kunida jamoat transporti (avtobus va elektrobuslar) ishi haqida maʼlumot berildi.

Toshkent shahrida yangi o‘quv yilining ilk kunida jamoat transporti (avtobus va elektrobuslar) ishi haqida maʼlumot berildi.
“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, 2023 yil 4 sentabr kuni avtobus yo‘nalishlari soni 167 tani, yo‘nalishga chiqarilgan avtobuslar soni 1707 tani, yo‘lovchilar soni 806 721 nafarni, qatnovlar soni 21 718 tani, oraliq interval 8-10 daqiqani tashkil etgan.
Bundan tashqari, shu kuni daromad 1 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan.
Ushbu ko‘rsatkichlar 2022 yil 5 sentyabr kuni quyidagicha ko‘rinish olgan:
avtobus yo‘nalishlari soni — 152 ta;
yo‘nalishga chiqarilgan avtobuslar soni — 841 ta;
yo‘lovchilar soni — 414 874;
qatnovlar soni — 11 127;
oraliq interval — 15-20 daqiqa;
daromad — 482 574,4 ming so‘m.







