O'zbekiston

Prezident Buxoroning bandlik dasturi bilan tanishdi

2023-2025 yillarda viloyatni aholisi to‘liq ish bilan taʼminlangan hududga aylantirish maqsad qilingan.

Prezident Buxoroning bandlik dasturi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida aholi bandligini taʼminlashga doir takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Davlat rahbari viloyatlarga tashriflari chog‘ida birinchi galda ishsizlik masalasiga eʼtibor qaratib, uni kamaytirishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi. Bu borada barcha hududlarda manzilli dasturlar amalga oshirilmoqda.

 

Hozirgi kunda Buxoro viloyatida 1 milliondan ziyod mehnatga layoqatli aholi bo‘lib, shundan 76 ming nafari ishsiz. Har yili mehnat bozoriga 37 mingga yaqin yoshlar kirib kelmoqda. Bularning hammasini inobatga olib, Buxoro viloyatini 2023-2025 yillarda aholisi to‘liq ish bilan taʼminlangan hududga aylantirish maqsad qilingan.

 

Buning uchun imkoniyatlar yetarli. Masalan, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari. Buxoroda 11 ta shunday tashkilot bo‘lib, ular tomonidan sanoat va qishloq xo‘jaligida 94 mingta, shu jumladan, kasanachilikni rivojlantirish orqali 19 mingta ish o‘rni ochilishi mo‘ljallanmoqda.

 

Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik, chorvachilik, savdo va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida 57 ta mikromarkaz, ishsizlik yuqori bo‘lgan 98 ta mahallada kichik tikuv sexlarini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

 

Joriy yilda 15 ming gektar ekin yerlarini qayta foydalanishga kiritish imkoniyati ham bor. Bu yerlar yangi dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun aholiga ochiq elektron tanlov asosida taqdim etiladi. Shuningdek, davlat aktivlarini auksionga chiqarish, ularning negizida ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

 

Umuman, ushbu chora-tadbirlar natijasida joriy yilda 250 mingta ish o‘rni yaratilishi, 2023-2025 yillarda Buxoro viloyati aholisi to‘liq ish bilan taʼminlangan hududga aylantirilishi qayd etildi.

 

Taqdimotda Hindiston bilan hamkorlikda Qorako‘l tumanida IT-klaster tashkil etish loyihasi haqida ham axborot berildi.

 

Davlat rahbari mazkur takliflarni maʼqullab, qo‘shimcha topshiriqlar berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident Buxoroning bandlik dasturi bilan tanishdi | Zamon.uz