O'zbekiston

Qozog‘iston — O‘zbekiston chegarasidan o‘tuvchi energiya resurslari ustidan nazorat kuchaytiriladi

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan energiya resurslarini olib o‘tishda ustidan bojxona nazoratini muhokama qilmoqda.

Qozog‘iston — O‘zbekiston chegarasidan o‘tuvchi energiya resurslari ustidan nazorat kuchaytiriladi

 

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegaradagi energiya resurslari ustidan qo‘shma bojxona nazoratini muhokama qilmoqda. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.

 

Qozog‘iston parlamenti deputatlari Qozog‘iston-O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali energiya resurslarini olib o‘tishda qo‘shma bojxona nazorati to‘g‘risidagi O‘zbekiston bilan hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishdi.

 

2021 yil 6 dekabr kuni Ostona shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida energiya resurslarini ikki davlat chegarasi orqali quvur transporti va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tishda qo‘shma bojxona nazorati to‘g‘risida kelishuv imzolangan.

 

“Bitimni ratifikatsiya qilish Qozog‘iston-O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali quvur va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tilayotgan energiya resurslari ustidan nazorat samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda”, — deyilgan xabarda.

 

2023 yil avgustida Qozog‘iston “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurining Qozog‘iston qismi orqali Rossiya gazini O‘zbekistonga 10 milliard kub metrgacha yetkazish masalasini muhokama qilayotgani xabar qilingan edi. Energetika vaziri o‘rinbosari Asxat Xasenov gaz tashish tizimi tranzitga ruxsat berishini, biroq “texnik imkoniyatlarni qaytadan tasdiqlash” va uni modernizatsiya qilish zarurligini taʼkidladi.

 

Shu yilning 18 yanvarida Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi va Qozog‘iston hukumati o‘rtasida gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolangan bo‘lsa, 24 yanvar kuni “Gazprom” va O‘zbekiston Energetika vazirligi o‘rtasida xuddi shunday hujjat imzolangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Qozog‘iston — O‘zbekiston chegarasidan o‘tuvchi energiya resurslari ustidan nazorat kuchaytiriladi | Zamon.uz