7-10-sentyabrda inklyuziv san’at anjumani o‘tkaziladi
Anjumanning maqsadi imkoniyati cheklangan shaxslarga moʻljallangan san’at sohasidagi eng a’lo inklyuziv tajribalarni munozara qilish va toʻplangan bilimlarni yetkazishga qaratilgan.

7−10-sentyabr kunlari Toshkentda ilk barcha uchun ochiq va barobar inklyuziv san’at anjumani boʻlib oʻtadi. Bugun Toshkentdagi Xalqaro anjumanlar saroyi maydonida Rossiyadan inklyuziv san’at ekspertlari va O‘zbekiston ijtimoiy soha mutaxassislarini birlashtirgan xalqaro professional tadbirning ochilish marosimi o'tkazildi.
Anjuman dasturidan turli sohalarda inklyuziya masalalariga ixtisoslashgan yetakchi rossiyalik mutaxassislarning amaliy mashg‘ulot va mahorat darslari, rus va o‘zbek tillarida imo-ishora tili va tiflosharhlashdan foydalangan holda inklyuziv spektakllarning ochiq namoyishi, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan kishilar haqidagi filmni tomosha va muhokama qilish o‘rin olgan.
Forum tadbirlarida ishtirok etish uchun oldindan https://inclusive-uz.art sayti orqali roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. Ishtirok etish bepul. Shuningdek, yuqoridagi saytda dasturlar va jadvallar haqida ko‘proq ma’lumot olish mumkin.
Forum Alisher Usmonov nomidagi “San’at, fan va sport” xayriya fondi, O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Forum dasturi Stremlenie jamg'armasi va ASDIISK inklyuziv san'at assotsiatsiyasi ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, anjumanning ustuvor vazifasi imkoniyati cheklangan shaxslarga mo‘ljallangan san’at sohasidagi eng a’lo inklyuziv tajribalarni munozara qilish va to‘plangan bilimlarni yetkazishdan iborat.







