O'zbekiston

7 oyda YTHlar oqibatida mingdan ortiq odam halok bo‘lgan

Avtohalokat sabab vafot etganlarning 1 078 nafari xavfsizlik kamarini taqmagan.

7 oyda YTHlar oqibatida mingdan ortiq odam halok bo‘lgan

 

Joriy yilning yetti oy davomida respublika hududida 4 772 ta YTH qayd etilgan. Shundan 2 453 tasi yoki 51,4 foizi subyektiv sabablarga ko‘ra sodir etilgan, yaʼni haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga eʼtibor bermasligi oqibatida kelib chiqqan.

 

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbitdin Burxanovning IIV JXD YHXX maʼlumotlariga tayanib maʼlum qilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisalari natijasida 1 115 kishi halok bo‘lgan, 4 ming 564 nafari turli tan jarohatlari olgan.

 

YTHlarda halok bo‘lganlarning 1 078 nafari yoki 96,7 foizi xavfsizlik kamarini taqmagan.

 

YTH turlari bo‘yicha sabablar sifatida piyodalarni urib yuborish, avtomashinalar to‘qnashuvi va boshqalar qayd etilgan.

 

Birgina Toshkent shahar misolida o‘tgan yetti oyda 675 ta YTH sodir bo‘lgan va buning oqibatida 71 kishi halok bo‘lgan, 787 kishi turli tan jarohatlari olgan. Baxtsiz hodisalarning eng keng tarqalgan sababi, yaʼni 199 ta holat tezlikni oshirish sababli yuzaga kelgan. Haydovchilar tomonidan 90 ta holatda taqiqlovchi svetofor ishorasiga eʼtibor bermaslik, mast holatda haydovchilar ishtirokida 8 ta YTH sodir etilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

7 oyda YTHlar oqibatida mingdan ortiq odam halok bo‘lgan | Zamon.uz