O'zbekiston

Bosh vazir boshchiligida tunu-kun ishlaydigan shtab tuzilmoqda

Hududlarda 24 soat davomida muammolarini qabul qilib, ularni tezkor hal qiladigan tizim bo‘ladi.

Bosh vazir boshchiligida tunu-kun ishlaydigan shtab tuzilmoqda

 

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

 

Yig‘ilishda sanoat tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash yuzasidan mutasaddi idoralarga qator topshiriqlar berildi.

 

Jumladan, Bosh vazir boshchiligida tunu-kun ishlaydigan respublika shtabi tuziladi. Joylarda ham viloyat hokimlari boshchiligida hududiy shtablar tashkil etiladi.

 

Shtabda iqtisodiyot, investitsiya, soliq, bojxona, bank, energetika, standart, kadastr vakillari korxonalardan 24 soat davomida muammolarini qabul qilib, ularni tezkor hal qiladigan tizim bo‘ladi.

 

Hafta yakunida hokimlar va tarmoq rahbarlari bilan birga barcha masalalar Bosh vazir huzurida muhokama qilinadi va qoloqliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga chora ko‘riladi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga 232 ta mahalliy sanoat korxonasida ishlab chiqarishni oshirish, 210 ta yirik sanoat loyihasini to‘liq ishga tushirish choralarini ko‘rish topshirildi. Sanoat zonalari va yirik loyihalarning infratuzilma bilan taʼminlanganlik holatini o‘rganish va bu ishlar uchun ajratilgan 1,2 trillion so‘mni to‘liq ishlatish vazifasi qo‘yildi.

 

Yig‘ilish davomida tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bosh vazir boshchiligida tunu-kun ishlaydigan shtab tuzilmoqda | Zamon.uz