Bu yilgi Toshkent xalqaro kinofestivalida qaysi davlatlar ilk bor ishtirok etadi?
Joriy yilning 29-sentabridan 2-oktabriga qadar Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilning 29-sentabridan 2-oktabriga qadar Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi.
Mazkur festivalda Avstraliya, Indoneziya, Marokash, Senegal, Tunis, Chernogoriya kabi davlatlar ilk bor ishtirok etadi.
Bundan tashqari, festivalda Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, AQSH, Fransiya, Yaponiya kabi 40 ga yaqin davlat kinoijodkorlaridan tarkib topgan delegatsiyalar ham qatnashadi.
Maʼlumot uchun, festivalga Ukraina, Qozog‘iston, Isroil, Xorvatiya, Yaponiya, Polsha, Latviya, Chili, Koreya, Estoniya, Portugaliya, Singapur, Rossiya va boshqa 30 ga yaqin davlatlardan filmlar kelib tushmoqda.







