Endi korxonalar ogohlantirilmasdan elektr taʼminotidan uzilmaydi
Bu bo‘yicha Prezident vazirlikka topshiriq berdi.

Prezident Bosh vazir boshchiligidagi komissiyaga topshiriq berdi. Bu haqda “O‘zA” yozmoqda.
Qayd etilishicha, komissiya bir oy davomida barcha hududlarga borib, qo‘shimcha ishlab chiqarishni hisobga olgan holda, oyma-oy hududlarning energiya balansini ishlab chiqadi.
Shuningdek, joriy yilda ishga tushadigan loyihalarni birma-bir hatlovdan o‘tkazib, ularga zarur energiya resurslari ajratadi.
Energetika vazirligiga joylarda sanoat korxonalarini oldindan xabardor qilmasdan elektr taʼminotidan uzish amaliyotiga qatʼiy chek qo‘yishga topshiriq berildi.







