Eng dolzarb

Global ochlik indeksida O‘zbekiston 21-o‘rinni egalladi

Belarus, Bosniya va Hersegovina, Chili davlatlari reytingning eng yuqori pog‘onasida.

Global ochlik indeksida O‘zbekiston 21-o‘rinni egalladi

 

Joriy yilda Global ochlik indeksda 121 ta mamlakat ishtirok etdi. Mazkur indeksda O‘zbekiston eng yaxshi deb topilgan mamlakatlar orasida 5,6 ball bilan 21-o‘rinni egalladi. Ushbu maʼlumot Global ochlik indeksi rasmiy saytida taqdim etilgan.

 

Ushbu ko‘rsatkich mamlakat oziq-ovqat yetishmovchiligiga duchor bo‘lmasligini anglatadi. Mazkur indeks ko‘rsatkichi 2020 yilda — 24,2; 2007 yilda — 15,4; 2014 yilda — 8,3 bo‘lgan.

 

Global ochlik indeksining yetakchi pog‘onalarida Belarus, Bosniya va Hersegovina, Chili davlatlari joylashgan. Eng kichik ko‘rsatkichlar Madagaskar, Markaziy Afrika Respublikasi va Yaman mamlakatlarida kuzatilmoqda.

 

MDHning qolgan davlatlari quyidagi o‘rinlarni egalladi:

 

Qozog‘iston — 24;
Rossiya — 28;
Armaniston — 32;
Ozarboyjon — 36;
Ukraina — 36;
Qirg‘iziston — 40;
Tojikiston — 67.

 

Bu indeks har bir mamlakat uchun to‘rtta ko‘rsatkichni jamlash orqali aniqlanadi: to‘yib ovqatlanmaydigan aholi ulushi; besh yoshgacha bo‘lgan vazni meʼyordan past bolalar ulushi; besh yoshgacha bo‘lgan bo‘yi meʼyordan past bolalar ulushi; besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘lim darajasi.

 

Global ochlik indeks ko‘rsatkichlari mavjud bo‘lmagan mamlakatlar va baʼzi bir yuqori daromadli mamlakatlar, aholisi kam mamlakatlar va mustaqil bo‘lmagan hududlar uchun hisoblanmagan.

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"