O'zbekiston

Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi qanday vazifalarni bajaradi?

Mamlakatimizda tizimli izchillikda sud-huquq sohasida islohotlar amalga oshirilmoqdа.

Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi qanday vazifalarni bajaradi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini isloh qilish asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

 

Davlatimiz rahbari tomonidan so‘nggi yillarda bu masalada qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi bilan bog‘liq asosiy jihatlar qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida ham o‘zining aniq ifodasini topdi.

 

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga asosan har kimga nafaqat o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqi, balki buzilgan huquqlarni tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil va xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilish huquqi kafolatlandi.

 

Bunday konstitutsiyaviy norma esa jahon andozalariga, xalqaro standartlarga to‘lig‘icha monand bo‘lib hisoblanadi.

 

Sud hokimiyatining va shu bilan birga sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan talablar yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 23-bobida mustahkamlangan bo‘lib, ular tomonidan odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga biror-bir tarzda aralashish imkoniyatini taʼqiqlaydi.

 

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.01.2023 yildagi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yana-da kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-11-son Farmoni  qabul qilingan bo‘lib, mazkur Farmon bilan prokuratura organlari zimmasiga bir qator vazifalar yuklatilgan.

 

Mazkur Farmonda odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ularning asosiy vazifalari etib quyidagilar, yaʼni:

 

qonunchilikda belgilangan tartibda sudlarda ishlarni ko‘rishda prokuror vakolatini taʼminlash;

 

sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalangan holda odil sudlov faoliyatining samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashish, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda davlat ayblovini faqat qonunga asoslanib, xolislikni saqlagan holda sifatli qo‘llab-quvvatlash;

 

fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishiga erishish;

 

sud amaliyotidan kelib chiqqan holda surishtiruv va tergov organlari xodimlarining amaliy ko‘nikmalari hamda malakasini oshirish ishlariga ko‘maklashish belgilangan.

 

Mazkur Farmonga asosan Bosh prokurorning sohaviy buyrug‘i qabul qilinib, unga ko‘ra, Bosh prokuraturaning jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmalari: Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarining shu yo‘nalish bo‘yicha tegishli bo‘lim va tarmoqlari; tuman (shahar) prokurorlarining ushbu yo‘shnalish bo‘yicha o‘rinbosarlari va yordamchilari Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ixtisoslashgan prokurorlar korpusi etib belgilandi.

 

Ixtisolashgan prokurorlar korpusi xodimlari o‘z vakolatlarini har qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradi hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan tashqari ularning sudda ishtiroki bilan bog‘liq faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

 

Endilikda sud ishlarini yuritishda prokuratura inson va fuqaro huquqlari, davlat va jamiyat manfaatlari himoyachisi sifatida yangicha huquqiy maqomda faoliyat yuritadi.

 

Shu bilan birga, prokuratura organlari tomonidan mazkur Farmon hamda Murojaatnomada belgilangan vazifalarga asosan mamlakatda inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud-huquq tizimida adolat o‘rnatish hamda odil sudlovni taʼminlash bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilishi davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi qanday vazifalarni bajaradi? | Zamon.uz