O'zbekiston

“Maqsadimiz turli mamlakatlarning anʼanaviy sport turlari orqali ularning madaniyatini targ‘ib qilishdir”

Turkiya prezidentining o‘g‘li Xivadagi Etnosport festivalida ishtirok etmoqda.

“Maqsadimiz turli mamlakatlarning anʼanaviy sport turlari orqali ularning madaniyatini targ‘ib qilishdir”

 

Bugun Xiva shahrida joylashgan “Ichan-qalʼa” majmuasida xalqaro Etnosport festivaliga start berildi. O‘tkazilayotgan mazkur musobaqalarda dunyoning 63 dan ortiq davlatidan sportchilar o‘zaro bahs olib borishmoqda. Zamon.uz sayti muxbiri ayni damda jarayonlarni kuzatib bormoqda.

 

Festivalda bevosita Butunjahon Etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdog‘an ham ishtirok etmoqda. Bugun bo‘lib o‘tgan sammitdan so‘ng Najmiddin Bilol Erdog‘an mazkur festivalning ahamiyatli tomoni va nega aynan Xiva shahrida o‘tkazilayotgani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

 

“Bunday festivallarga  qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Bu yil baʼzi sabablarga ko‘ra festivalni Turkiyada o‘tkaza olmadik, shuning uchun go‘zal va qadimiy Xiva shahrini tanladik. Bu esa ko‘pchilikka maʼqul keldi. Juda ko‘p inson bu shaharni ko‘rishni xohlaydi.

 

Bugun haqiqatdan ham ajoyib uchrashuv bo‘ldi. Ushbu tadbirga 60 dan ortiq davlatdan 2000 ga yaqin sportchilar, ishtirokchilar va mehmonlar tashrif buyurishdi. Shu munosabat  bilan biz O‘zbekistonning bu  go‘zal shahrini ko‘pchilikka tanishtirishga yordam beryapmiz. Bundan tashqari, Xivaga tashrif buyurgan barcha mehmonlarga O‘zbekistonning anʼanaviy sporti va madaniyati bilan yaqindan tanishtiramiz. Umuman olganda, barchamizning  maqsadimiz dunyodagi turli mamlakatlar va jamiyatlarning anʼanaviy sport turlari orqali ularning madaniyatini targ‘ib qilishdir.

 

Madaniyat almashinuvi o‘zaro hurmat doirasida amalga oshiriladi. Shaxsan men o‘zaro hurmatni o‘rnatish uchun,  har bir kishi o‘z madaniyatini o‘ziga ishongan holda taqdim etishi zarur deb hisoblayman. Bu kabi tadbirlar ana shunday maqsadlarimizga zamin yaratadi. O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi hamda tashkilotga hissa qo‘shgan barcha homiylarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, — deydi u.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Maqsadimiz turli mamlakatlarning anʼanaviy sport turlari orqali ularning madaniyatini targ‘ib qilishdir” | Zamon.uz