O‘zbekistonda neft otilib chiqayotgani aytildi
Holatga Energetika vazirligi izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston hududida neft otilib chiqayotgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayev munosabat bildirdi.
Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, bu voqea O‘zbekistonda yuz bergani haqida hech qanday maʼlumot yo‘q. Mutaxassislarning bildirishicha, videolavhalardagi suyuqlik neft emas.
Shu bilan birga, videolavhalarning biri kamida 8 oy avval portugal, arab va xitoy tillaridagi izohlar bilan, ikkinchisi esa ikki yarim yil muqaddam hech bir izohsiz tarqatilgani aniqlangan.







