O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro Etnosport festivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

“Festival doirasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari, xalqaro turnir, jahon chempionatlari va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilayman”, – deydi prezident.

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro Etnosport festivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro Etnosport festivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilindi.

 

“Barchangizni butun dunyoda ochiq osmon ostidagi muzey sifatida shuhrat qozongan, ko‘hna va betakror Xiva shahrida Xalqaro Etnosport festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

 

Yurtimizda birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu anjumanda YUNESKO, TURKSOY, Butunjahon Etnosport konfederatsiyasi hamda unga aʼzo davlatlar vakillari, shuningdek, 63 ta mamlakatdan qariyb 930 nafar Etnosport namoyandalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etayotgani festivalga dunyo miqyosida qiziqish va eʼtibor naqadar katta ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

 

Mazkur xalqaro anjumanning uch ming yildan ziyod shonli o‘tmishga ega bo‘lgan Xorazm zaminida o‘tkazilayotgani albatta bejiz emas. Bu qutlug‘ voha bizning boy tarix va madaniyatimiz, milliy qadriyatlarimizning qadimiy beshiklaridan biridir. Ushbu diyordan yetishib chiqqan Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Pahlavon Mahmud singari mard va jasur ajdodlarimiz, mohir sarkardalarimiz bilan biz haqli ravishda faxrlanamiz.

 

Maʼlumki, xalqning tarixi, milliy qadriyat va anʼanalarini o‘zida mujassam etadigan Etnosport turlari yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, jismoniy va maʼnaviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, dunyo davlatlari bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlashda beqiyos ahamiyatga ega.

 

Shu bois, mamlakatimizda milliy xalq o‘yinlarini targ‘ib etish va ommalashtirish, bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda bu borada qator qarorlar, jumladan, Etnosport turlarini 2025 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi qabul qilindi.

 

Ayniqsa, milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli musobaqalar tizimi tashkil etilgani, Toshkent shahrida har yili bir marta Etnosport turlari bo‘yicha respublika festivali, Xiva shahrida esa ikki yilda Xalqaro Etnosport festivalini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgani bu boradagi muhim amaliy qadamlarimizdir.

 

Yurtimizda har bir tuman va shaharning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini ommalashtirish va rivojlantirish, sport musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha hududiy dasturlar qabul qilindi.

 

Ayrim Etnosport turlari bo‘yicha boshqaruv tizimi hamda sportchi va trenerlar zaxirasi shakllantirilgani, musobaqalarni doimiy o‘tkazish va ularni moliyalashtirish joriy etilgani bu sohadagi ishlarni muntazamlik asosida olib borish imkonini bermoqda.

 

Yosh avlod o‘rtasida milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini ommalashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Ushbu yo‘nalishda malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish masalalari ham eʼtiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda.

 

Bu boradagi ishlarni izchil davom ettirgan holda, yurtimizda milliy sport turlari va xalq o‘yinlari ro‘yxatlari shakllantirildi, o‘zbek kurashini YUNESKOning Etnosport milliy o‘yinlari nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish choralari ko‘rilmoqda.

 

Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

 

Fursatdan foydalanib, ushbu festivaldagi ishtirokingiz uchun siz, azizlarga, xorijiy davlatlarning muhtaram elchilariga, xalqaro tashkilotlar vakillariga samimiy minnatdorlik bildiraman.

 

Ishonchim komil, birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan bu festival dunyodagi nufuzli sport anjumanlari qatoridan munosib o‘rin egallaydi.

 

Festival doirasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari, xalqaro turnir, jahon chempionatlari va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilayman.

 

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, yangi yutuq va zafarlar yor bo‘lsin!”, deyiladi tabrikda

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro Etnosport festivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi | Zamon.uz