O'zbekiston

DXX qo‘shni davlatlardan keltirilgan «gashish» kontrabandasiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmati viloyatlar bojxona va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

DXX qo‘shni davlatlardan keltirilgan «gashish» kontrabandasiga chek qo‘ydi

 

Xususan, Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi, 1975-yilda tug'ilgan fuqaroning yashash xonadonida Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 9 kg. 766 gr. «gashish» moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

Andijon – Namangan yo‘nalishida harakatlanayotgan, Paxtaobod tumanida yashovchi, 1995-yilda tug'ilgan fuqaro boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Uychi tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada, uning salon qismida Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan 1 kg. 379 gr. «gashish» moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Piskent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan keltirilib, xufiya joyga yashirib ketilgan 8 kg «gashish» moddasini qabul qilib olgan vaqtlarida Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1975 va 1981-yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs ushlandi.

Shuningdek, Bekobod shahrida yashovchi, 1996-yilda tug'ilgan fuqaro ushbu giyohvandlik vositasini muqaddam mazkur joyga qoldirib ketganligi aniqlanib, u ham qo‘lga olindi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

DXX qo‘shni davlatlardan keltirilgan «gashish» kontrabandasiga chek qo‘ydi | Zamon.uz