O'zbekiston

O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz narxi oshishi mumkin

Bu bo‘yicha Hukumat qarori muhokamaga qo‘yildi.

O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz narxi oshishi mumkin

 

2023 yilning 1 oktyabridan yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarini oshirish taklif etilmoqda. Bu haqda “O‘zA” xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

 

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarini oshirish taklif etilmoqda.

 

Xususan, 1- va 2-guruhdagi elektr energiyasi isteʼmolchilari (OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va byudjet tashkilotlari)ga o‘zgarishsiz – 1 kVt⋅soat uchun 1 000 so‘mgacha, qolgan yuridik shaxslar uchun 900 so‘mgacha (hozirgi vaqtda 450 so‘m) deb belgilanishi mumkin.

 

Tabiiy gaz tariflari esa OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va byudjet tashkilotlariga o‘zgarishsiz – 1 kub metr uchun 1 800 so‘mgacha, boshqa tashkilotlarga 1 500 so‘mgacha (hozirgi vaqtda 660 so‘m) miqdorida belgilash taklif etilmoqda.

 

Loyihada aholi uchun ham elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz tariflari o‘zgarishsiz, amaldagi narxlarda qolishi ko‘zda tutilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tarif narxlari oxirgi marta 2019 yilning avgustida oshirilgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz narxi oshishi mumkin | Zamon.uz