Endi sudlar barcha turdagi arizalarni qabul qiladi
Sud tizimida “yagona darcha” tamoyili joriy etildi.

Barcha turdagi arizalar sudga taalluqliligidan qatʼi nazar qabul qilish va vakolatli sudga yuborish tizimi joriy qilinganidan xabaringiz bormi?
Fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini himoya qilishda maʼmuriy sudlarning rolini yana-da kuchaytirish maqsadida tegishli qonun qabul qilingan.
Ilgari arizalar sudlarga taaluqli bo‘lsagina, qabul qilinardi. Endi barcha turdagi arizalar qabul qilinishi lozim. Bordi-yu, qabul qilingan ariza mazkur sud faoliyatiga taalluqli bo‘lmasa, tegishli bo‘g‘im sudlariga yuboriladi.
Bundan tashqari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq qarorlari ustidan maʼmuriy sudga ariza berilganda, davlat bojini belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida to‘lash imkoniyati mavjud.







