Jurnalist Mavjuda Mirzayeva 6 yilga qamalishi mumkin
Yopiq sud majlisida prokuror uni 6 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan.

“Kompromat ishi” bo‘yicha ayblanayotgan sobiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Mavjuda Mirzayevani 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish so‘raldi. Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Facebook‘dagi sahifasida maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, yopiq tarzda ko‘rilgan sudda prokuror jurnalist Mavjuda Mirzayevani 6 yilga ozodlikdan mahrum qilishni hamda uning jurnalistlik faoliyatini 3 yilga taqiqlashni so‘ragan.







