“Navoiyuran”ga yangi rahbar tayinlandi
Ushbu lavozimga Jamol Fayzullayev qo‘yilgan.

“Navoiyuran” bosh direktori Jahongir Hasanov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 9 sentyabr kuni “Navoiyuran” bosh direktori vazifasini bajarish tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Jamol Fayzullayev zimmasiga yuklatildi.







