O'zbekiston

Xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik ota-o‘g‘il qidiruvga berildi

Ular “Yagona xalifalik davlati” qurish niyatida xorijga chiqib ketgan.

Xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik ota-o‘g‘il qidiruvga berildi

 

“Yagona xalifalik davlati” qurish niyatida xorijga chiqib ketgan o‘zbekistonlik erkak va uning o‘g‘li qidiruvga berildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 2006 yilda 57 yoshli erkak T.m. Toshkentdagi sheriklari bilan birga vahhobiylik diniy ekstremistik oqimiga aʼzo bo‘lgan. Ular jamoat yig‘ilishlari tashkil etib, aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan adabiyotlardan taʼlim olib, Yer yuzida yagona xalifalik davlati barpo etish maqsadida daʼvatlar qilib kelgani aniqlangan.

 

2007 yilda noqonuniy jamoat tashkiloti faoliyatiga chek qo‘yilganidan so‘ng erkak jinoiy javobgarlikka tortilishdan qo‘rqib, 1992 yilda tug‘ilgan o‘g‘li O.H. bilan Turkiyaga chiqib ketgan. 2015 yilga kelib u o‘g‘li bilan birga Suriyaga borib, “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qo‘shilgan. 2018 yilda ular boshqa xalqaro terrorchilik tashkiloti — “Tavhid va jihod katibasi”ga aʼzo bo‘lgan.

 

Ushbu ota-o‘g‘ilga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular qidiruvga berilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik ota-o‘g‘il qidiruvga berildi | Zamon.uz