O'zbekiston

Changli havoda nima qilish kerak?

Sanepidqo‘mita bu bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Changli havoda nima qilish kerak?

 

O‘zbekistonning ayrim hududlarida chang bo‘roni ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Havo tarkibidagi chang zarralari uylar, ishxonalar, avtomobillarning eshik-derazalaridan sizib kirib, yopiq xonalar havosini ham chang zarrachalari bilan ifloslantirishi mumkin. Bundan holatda nima qilish kerak?

 

—Ko‘chaga iloji boricha kamroq chiqish;

 

—Ishga, o‘qishga, xarid uchun ko‘chaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;

 

—Ko‘chadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-ko‘zlarni yaxshilab yuvish);

 

—Kalit, ko‘zoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;

 

—Ko‘chaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish;

 

—Ustki kiyimlarni (kostyum, plash, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish;

 

—Nim taʼsir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;

 

— Ko‘proq suyuqlik (iliq) ichish, iloji bo‘lsa ko‘k choy, naʼmatak damlamasini ichish;

 

—Yog‘li, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, sho‘r, achchiq taomlarni cheklash;

 

—Suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotalari (qatiq, kefir va boshqalar), ko‘katlarni isteʼmol qilish.

 

—Changni ko‘p to‘planishini oldini olish va uyni hamda yuzalarni to‘g‘ri tozalash kerak:

 

— Uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish;

 

— Chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan hamma narsalarni chang yutgich yordamida tozalash kerak (kovrolin, gilam, yumshoq mebel, yumshoq o‘yinchoqlar va boshqalar). Yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan o‘ralishi tavsiya etiladi.

 

— Chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan barcha yuzalarni (pol, shkaf, ishchi yuzalar va boshqalar) kun davomida bir necha marta namlangan latta bilan yaxshilab artish kerak;

 

— Oyoq kiyimlarini eshik oldida qoldirish va imkon qadar tezroq yuvib qo‘yish kerak;

 

—Xona havosi optimal namligini taʼminlash: ho‘l sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sig‘imli idishlarga suv solib qo‘yish.

 

Nafas yo‘lida surunkali kasalliklari borlarga changli havoda tashqariga chiqmaslik tavsiya qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"