Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimi 24/7 rejimiga o‘tmoqda
Endi to‘langan to‘lovlar o‘z vaqtida kirim qilinadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank o‘rtasida Yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali byudjet to‘lovlarining 24/7 rejimida ishlash tartibi joriy etildi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.
Bunda tushumlar soliq daromadlari va aholi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlarning kelib tushishi va xarajatlarning amalga oshirilishi dam olish va bayram kunlari, tong yoki tun bo‘lishidan qatʼi nazar 24/7 rejimda onlayn taʼminlanadi. Bu esa o‘z navbatida aholi tomonidan to‘langan to‘lovlarni tegishli byudjet tashkilotlarida o‘z vaqtida ko‘rish imkoniyatini yaratadi.
Misol uchun, shanba yoki bank ish kuni soat 17:00 dan so‘ng to‘langan kontrakt to‘lovlari ham tegishli universitet shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga kirim qilinishi taʼminlanadi.
Shu bilan birga, byudjet to‘lovlari ham shu tartibda amalga oshiriladi.







