O‘qishga kirolmagan abituriyentlarga yengillik berildi
Bu haqda Oliy taʼlim vazirligi maʼlum qildi.

Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun bir qator yengilliklar berildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar qildi.
2023/2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, quyidagilarga ruxsat berildi:
➖talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat taʼlim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati;
➖ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat taʼlim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat taʼlim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati.
Bunda abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.







